Hukumat qarori bilan 2019-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

Foto: Wikipedia

Qarorga muvofiq, Adliya vazirligiga Dastur ijrosini monitoring qilib borish vazifasi yuklandi.

Dasturga ko‘ra, 2019-yilda jami 38 ta qonun loyihasining ishlab chiqilishi belgilangan bo‘lib, shundan 15 tasi amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bilan bog‘liq.

Jumladan, dasturga muvofiq 2019-yilda “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”, “Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini ishlab chiqish va Hukumatga kiritish nazarda tutilgan.