Tallindagi Xaryu uyezdi sudi Estoniya fuqarolari Denis Metsavas va uning otasi Pyotr Volinni siyosiy xoinlikda aybladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Sud Metsavasni o‘n yildan ortiq, otasini esa besh yildan ortiq vaqt davomida Estoniyaga qarshi jinoiy ish qilganlikda ayblagan. Natijada Metsavas 15 yarim yilga, Volin olti yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
Estoniya Mudofaa kuchlari mayori Denis Metsavas va Pyotr Volin o‘tgan yili hibsga olingan edi.