San-Fransiskoning Kaliforniya universiteti biologlari shimpanze va odam hujayralaridan “mini-miya” yetishtirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Foto: Pollen and Kriegstein Labs/UCSF

Biologlar bu kashfiyot inson miyasining evolyutsiyasini o‘rganishda foydali bo‘ladi, deya hisoblamoqda.

Miya o‘n nafar odam va sakkizta shimpanzening hujayralaridan yaratilgan. Lekin u hali to‘laqonli miya emas, balki organoid. Ya’ni, u organ bo‘lish arafasida turibdi. Bunday organoidlardan jami 56 ta namuna yaratilgan. Mini-miyada biokimyoviy faollik mavjud. Buning yordami bilan haqiqiy miyada bo‘layotgan jarayonni o‘rganish mumkin, — deyiladi xabarda.

Yangi ishlanma yordamida tadqiqotchilar shimpanze va inson genidagi 261 ta farqni aniqlagan. Bu esa inson miyasining million yil davom etgan evolyutsiyasini o‘rganishga yordam beradi.