Yakutsk shahar sudi respublika ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Nikolay Mamchurni zo‘rlashga urinishda aybdor deb topdi va 5 yilga qamoq jazosiga hukm qilib, polkovnik unvonidan mahrum etdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: Rossiya Tergov qo‘mitasi

Tergov va sud davomida Mamchur uy qamog‘ida bo‘lgandi. Hukm e’lon qilinganidan so‘ng u hibsga olindi.

Vazir o‘rinbosariga qarshi ish 2016-yil bahorida qo‘zg‘atilgandi. IIV xodimasi u mast holatda xonasiga chaqirgani va zo‘rlashga harakat qilganini bildirgan.

Jabrdiyda politsiyaga shikoyat qilganidan so‘ng Mamchur joniga qasd qilishga urinadi, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qoladi. O‘shanda u lavozimidan iste’fo bergan.