Toshkentda 10-fevral kuni Ucell ma’muriy binosi qarshisidagi avtomobillar turargohidagi “tungi o‘yin-kulgi”da ishtirok etgan 14 ta avtotransport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Transport vositalarining haydovchilariga nisbatan turli huquqbuzarliklar uchun ma’muriy ta’sir choralari qo‘llanilgan. Ulardan besh nafari majburiy sug‘urta polisiga ega bo‘lmagan, to‘rtta transport vositasining oynalari tegishli ruxsatsiz qoraytirilganligi aniqlandi. Yana bir haydovchi boshqa shaxsga tegishli transport vositasini boshqarish uchun ishonchnomaga ega bo‘lmagan, boshqa bir haydovchining haydovchilik guvohnomasi va taloni yonida bo‘lmagan. Yana bir haydovchida transport vositasining pasporti bo‘lmagan.

Quyidagi videoyozuvda esa nafaqat Spark avtomobili haydovchisi, balki boshqa avtomobilchilar ham “drifting” bilan shug‘ullanayotganligini ko‘rish mumkin.