“Manchester Siti” hujumchisi Serxio Aguero Angliya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan bahsda “Chelsi” darvozasiga 3 ta to‘p kiritdi (6:0).

Foto: Twitter/@brfootball

Bu argentinalik uchun APLdagi 11-het-trik bo‘ldi. Mazkur yo‘nalishda Aguero Alan Shirer rekordini takrorladi. Bu haqda Opta xabar berdi.

Bundan tashqari hujumchi APLda o‘z maydoni o‘tkazilgan ketma-ket 2 ta uchrashuvda het-trikka erishgan 5-futbolchi bo‘ldi. 2010-yildan buyon bunday natijani hech kim qayd etmagandi. So‘nggi bor “Chelsi” hujumchisi Didye Drogba ketma-ket 2 uy uchrashuvida 3 ta gol urgandi.

Eslatib o‘tamiz, Aguero joriy mavsum APLda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!