10-fevral, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 23-turi doirasida 6 ta o‘yin yakuniga yetdi.

Foto: Twitter

Musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Turinning “Yuventus” klubi safarda “Sassuolo”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuvning 23-daqiqasida Sami Hedira hisobni ochgan bo‘lsa, 70-daqiqaga kelib portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 4 daqiqa qolganda 2-golga mualliflik qilgan Krishtianu Ronaldu uzatgan to‘pni Emre Jan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi va hisobni yiriklashtirdi (3:0).

Shu tariqa Massimiliano Allegri shogirdlari mehmonda “Sassuolo”ni mag‘lub etdi.

Kunning so‘nggi o‘yini “San Siro” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Jennaro Gattuzo boshqaruvidagi “Milan” klubi “Kalyari” bilan bahsga kirishdi.

1-bo‘limning 13-daqiqasida “Kalyari” himoyachisi Luka Cheppiteli o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi (1:0). Oradan 9 daqiqa o‘tib Lukas Paketa David Kalabriya uzatmasini golga aylantirdi (2:0).

2-bo‘limning 63-daqiqasida esa jamoa to‘purari Kshishtof Pyontek 3-golga mualliflik qildi.

Shu tariqa “Milan” klubi o‘z maydonida “Kalyari”ni mag‘lub etib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi. Ayni damda “rossonerilar” 36 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 4-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

A Seriya

23-tur bahslari

10-fevral, yakshanba

“Bolonya”—“Jenoa” 1:1

Gollar: 1:0 — 17 Destro, 1:1 — 33 Lerager.

“Atalanta”—SPAL 2:1

Gollar: 0:1 — 8 Petanya, 1:1 — 57 Ilichich, 2:1 — 79 Banguera.

“Sampdoriya”—“Frosinone” 0:1

Gol: 0:1 — 25 Kiofani.

“Torino”—“Udineze” 1:0

Gol: 1:0 — 31 Ayna.

“Sassuolo”—“Yuventus” 0:3

Gol: 0:1 — 23 Hedira, 0:2 — 70 Ronaldu, 0:3 — 86 Jan.

“Milan”—“Kalyari” 3:0

Gollar: 1:0 — 13, avtogol, Cheppiteli, 2:0 — 22 Paketa, 3:0 — 63 Pyontek.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!