10-fevral, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Portugaliya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan bahsda Sardor Rashidov to‘p surayotgan “Nasional” klubi safarda “Benfika” mehmoni bo‘ldi.

Foto: Twitter/@CDNacional

Uchrashuvning dastlabki daqiqasidayoq “Benfika” a’zosi Alexandro Grimaldo hisobni ochdi (1:0). 21 va 27-daqiqalarda Haris Seferovich “Nasional” darvozasini ishg‘ol qildi va dublga erishdi. 85 va 90-daqiqalarda Jonas ham gol urib, dubl qayd etdi. Joao Feliks, Pitssi, Fransisko Ferreira, Ruben Diash, Rafa Silva ham o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa “Nasional” Sardor Rashidov debyut qilgan bellashuvda yirik 0:10 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi hamda Toshkentning “Lokomotiv” klubi sobiq yarim himoyachisi Sardor Rashidov 16-yanvar kuni Portugaliyaning “Nasional” klubiga o‘tgandi.

Primeyra liga

21-tur bahsi

10-fevral, yakshanba

“Benfika”—“Nasional” 10:0

Gollar: 1:0 — 1 Grimaldo, 2:0 — 21 Seferovich, 3:0 — 27 Seferovich, 4:0 — 50 Feliks, 5:0 — 54, penalti, Pitssi, 6:0 — 56 Ferreira, 7:0 — 64 Diash, 8:0 — 85 Jonas, 9:0 — 88 Silva, 10:0 — 90 Jonas.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!