G‘arb davlatlari tomonidan sanksiyalar joriy etilganidan beri Venesuela iqtisodiyoti 350 milliard dollargacha yo‘qotdi. Bu haqda Lotin Amerikasi geosiyosat bo‘yicha strategik markazi hisobotida ma’lum qilingan, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foro: EPA

Ekspertlarga ko‘ra, aynan G‘arb davlatlarining iqtisodiy cheklovlari mamlakatdagi iqtisodiy inqirozga sabab bo‘lgan. Moliyaviy jihatdan yakkalanish tufayli Venesuela har yili 22,5 milliard dollar yo‘qotmoqda.

Maduro hokimiyatga kelgan 2013-yildan 2017-yilgacha mamlakatning umumiy yo‘qotishlari 260 milliardan 350 milliard dollargachani tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, AQSh Venesuelaga qarshi 2014-yilda, Yevroittifoq esa 2017-yilda sanksiyalar joriy etgan.