Germaniyaning Frankfurter Allgemeine Sonntagszeitung gazetasi, G‘arbiy razvedka manbalariga tayangan holda, Shimoliy Osetiyada, Mozdoq va Shuya shahri yaqinida raketa bo‘linmalari joylashganligini yozgan. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.

Foto: cont.ws

Avvalroq, Rossiyaning janubiy qismida va Yekaterinburgning sharqidagi Kamishlov shahri yaqinidagi “Kapustin-Yar” sinov poligoni hududida qanotli raketalarining o‘rnatilishi ma’lum qilingandi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2350 kilometrgacha bo‘lgan masofaga ega bo‘lgan raketalarning hozirgi joylashuv joyidan Sharqiy va Shimoliy Yevropadaga hududlarga yetishi mumkin.

Rossiya tomoni, 9M729 raketasining masofasi 480 kilometrdan oshmasligini va ular yaqin va o‘rta oraliq masofadagi raketalar bo‘yicha kelishuvga aloqador emasligin qayd etgan.