Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi va Toshkent shahar IIBB YHXB hamkorlikda MIB ish yurituvidagi ijro hujjatlari qarzdorliklari undiruvi bo‘yicha qo‘shma reyd-tadbir o‘tkazmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
10 kunlik o‘tkazilgan tadbirda undirilgan jarimalar miqdori 6 033 688 070 so‘mni tashkil etmoqda. Jami bo‘lib 20 158 nafar qoidabuzar aniqlangan.
Toshkent shahar haydovchilarining boshqa viloyatlarda sodir etgan huquqbuzarliklari bo‘yicha 10 561 nafar 3 060 958 402 so‘m jarima undirildi.
Byuroning Toshkent shahar ish yurituvidagi ijro hujjatlari bo‘yicha poytaxtning 20 ta markaziy ko‘chalarida YHXBning patrul xizmat avtomobillarida o‘rnatilgan avtomatik moslama yordamida 10 kunda 7 916 nafar qoidabuzardan 2 694 641 406 so‘m jarima undirilgan.
Targ‘ibot tadbirlari natijasida 1 070 450 096 so‘m jarimalar undirilgan bu bilan 3 841 nafar qoidabuzar aniqlangan.
O‘tkazilagn reyd natijasida 53 ta avtotransport vositasi jarima maydonchasiga olib ketildi. Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan 14 ta avto ham aniqlandi.
Izoh (0)