11-fevralning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Foto: “Darakchi.uz”

Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev salomatligi tufayli o‘z lavozimini tark etdi.

Uning o‘rnini Mudofaa vaziri general-leytenant Abdusalom Azizov egalladi.

Toshkent harbiy okrugi qo‘mondoni Bahodir Qurbonov mudofaa vaziri etib tayinlandi.

Prezident matbuot xizmatining yozishicha, Ixtiyor Abdullayev keyingi bir yilda bo‘yin va bel umurtqa pog‘onasida ikki marta og‘ir jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan.

***

Ozoda Nursaidovaning vafot etgani haqida yolg‘on ma’lumot tarqaldi. Uning ahvoli ancha yaxshi.

“Ayni vaqtda opam shifoxonada davolanmoqdalar. Ahvollari ancha yaxshi. Shifoxonadan chiqqanlaridan so‘ng batafsil intervyu berib, barchasiga oydinlik kiritadilar”, — deydi xonandaning singlisi Nilufar Nursaidova.

***

Humo Arena ochilishi bahorga ko‘chirildi.

Arena qurilishi 2017-yilning boshida boshlangan.

Dastlab ko‘p funksional muzlik majmuasi 2018-yilning uchinchi choragida, keyin 2018-yilning oxiriga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

***

Bu haftada O‘zbekistonga Volgabo‘yidan salqin havo massalari kirib keladi.

13—14-fevralda mamlakat iliq havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi. So‘ng Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Shunda mamlakatning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 14-fevralda kunduz kuni havo harorati 5-10 daraja iliqqacha pasayadi.

***

Rossiyadagi YTHda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi.

20 nafar yo‘lovchini (ularning barchasi — O‘zbekiston fuqarolari) olib ketayotgan Mercedes mikroavtobusi mehnat faoliyati uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish uchun Tobolskdan Tyumenga ketayotib, yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketgan. Ikki kishi vafot etgan, bir kishi jabrlangan. Qolgan 17 fuqaro jabrlanmagan.