Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi B.A. IIBga murojaat qilib, shu yil 5-fevral kuni soat 10:00dan 11:10gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning uyiga ochiq qolgan eshik orqali kirib, xonasidan 600 000 so‘m puli va 4 000 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Trend

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent tumani, Qizg‘aldoq mahallasida yashovchi B.B., Chinoz tumani, Xo‘ja mahallasida yashovchi A.J. va Zangiota tumani, Ittifoq mahallasida yashovchi M.X. sodir etganliklari aniqlanib, ushlandi.

Tergov harakatlari davom etmoqda.