AQSh boshchiligidagi koalitsiya uyushtirgan hujum natijasida Suriyada kamida to‘rt nafar kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, harbiy-havo kuchlari Suriyaning Deyr-Az-Zor provinsiyasidagi aholi yashash punktiga zarba bergan.
Zarba natijasida turar joylar vayron bo‘lgan hamda kamida to‘rt nafar kishi halok bo‘lgan.