“O‘zbekkino” MAda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi “Oltin humo” milliy kinotaqdimotini o‘tkazish yuzasidan matbuoat anjumani bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Daryo”

Matbuot anjumanida O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi rahbariyati, rejissorlar hamda OAV xodimlari qatori “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi.

Foto: “Daryo”

Matbuot anjumanida O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi “Oltin humo” milliy kinotaqdimoti atrofidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi.

Butun ishchi guruhimiz va saralash komissiyasi nomidan shuni aytishim kerakki, bizning saralash komissiyamiz filmlarni o‘ta shaffoflik, o‘ta haqqoniylik bilan saralaydi. Tanish-bilish, oshna-og‘aynigarchilik yoki bo‘lmasa o‘zi o‘ynagan filmni oldinga surish kabi odatlar bo‘lmaydi.

Matyoqub Matchonov saralash komissiyasi raisi bo‘lganidan so‘ng ‘Eng yaxshi film’ nominatsiyasini  o‘zi o‘ynagan filmga beradi, degan gap-so‘zlar ham yuribdi.

Birinchidan, men yomon filmlarda rol o‘ynamayman, ikkinchidan agar mabodo men rol ijro etgan film saralash komissiyasiga topshiriladigan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan komissiyamiz xulosasiga binoan komissiya ishiga aralashmasdan chiqib ketamiz. Shuning uchun men sizlarga 100% kafolat beramanki o‘ta shaffoflik va haqqoniylik bilan barcha filmlarni ko‘rib chiqamiz va saralab olamiz.

Matyoqub Matchonov, O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi