Tailand qiroli Maxa Vatchiralongkon bosh vazir lavozimini egallamoqchi bo‘layotgan singlisi Ubol Ratanaga qarshi fikr bildirgach, “Txay Raksa Chaat” partiyasi ham qirolning buyrug‘ini bajarishga tayyor ekanini bildirgan. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Partiya qirol oilasiga sodiqligini e’lon qilgan va Ubol Ratanaga ezgu ishlari uchun minnatdorchilik bildirgan.
Qirolning singlisi, o‘z navbatida, uni qo‘llab-quvvatlagan tarafdorilariga minnatdorchilik bildirgan.
24-martda bo‘lib o‘tadigan saylovlarga amaldagi bosh vazir Prayut Chan-Ocha va yoshligida qirollik unvonidan voz kechgan 67 yoshli Ubol Ratana nomzodi qo‘yilgan.
Izoh (0)