O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Mir Alisher Navoiyning tavalludiga bag‘ishlangan “Nazm bo‘stonining buyuk sultoni” nomli adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga institut matbuot kotibi  Sardor Turobov ma’lum qildi.

Foto: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti matbuot xizmati

Tadbirda institutning professor-o‘qituvchilari, soz va so‘z ustalari, O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov, O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ahmadjon Dadayev, O‘zbekiston xalq hofizi Beknazar Do‘stmurodov hamda talabalar ishtirok etdi.

Ulug‘ mutafakkir tavalludiga bag‘ishlangan she’riyat kechasini filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatiga oid ma’ruza bilan ochib berdi.

Foto: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti matbuot xizmati

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti Orolmirzo Safarov tomonidan Navoiy g‘azali asosida ijro etilgan qo‘shiq hamda Sherali Jo‘rayevning kichik Alisherning 9 yoshligida yozgan g‘azalini kuyga solib ijro etgani badiiy kechaga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.