18—26-mart kunlari Xitoyning Guansi shahrida bo‘lib o‘tadi “China Cup” musobaqasida Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi qatnashadi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.

Foto: Google Images

Qur’aga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi Tailand bilan, Xitoy esa Urugvay bilan bahsga kirishadi. Ikkinchi o‘yinda dastlabki juftliklar g‘oliblari o‘zaro kuch sinashadi. Shuningdek, birinchi o‘yinda mag‘lub bo‘lgan jamoalar ham bir biri bilan yana bitta o‘yin o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, “China Cup” musobaqasi ikki yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. 2017-yilgi musobaqada Chili, Islandiya, Xorvatiya va Xitoy qatnashgan. Unda Chili terma jamoasi g‘olib chiqqandi.

2018-yilda esa mazkur musobaqada Urugvay, Uels, Chexiya va Xitoy ishtirok etdi. Bu safar esa Urugvay terma jamoasi g‘olibga aylangandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!