9-fevral, shanba kuni Fransiya chempionatining 24-tur bahslari doirasida 3 ta bellashuv nihoyasiga yetdi.

Foto: Twitter/@PSG_English

Kunning dastlabki o‘yinida Tomas Tuxel qo‘l ostidagi PSJ klubi “Bordo” bilan bellashdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 42-daqiqada kiritildi. Unga urugvaylik hujumchi Edinson Kavani mualliflik qildi (1:0).

Shu tariqa PSJ klubi “Bordo”ni kichik hisobda mag‘lub etdi va navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Liga 1

24-tur bahslari

9-fevral, shanba

PSJ—“Bordo” 1:0

Gol: 1:0 — 42 Kavani.

“Amyen”—“Kan” 1:0

Gol: 1:0 — 64 Konate.

“Strasburg”—“Anje” 1:2

Gollar: 0:1 — 35 Kanga, 0:2 — 55 Kanga, 1:2 — 87 Prchich.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!