Jazoirning amaldagi prezidenti — 82 yoshli Abdulaziz Buteflika o‘z nomzodini beshinchi muddat uchun rasman ilgari surdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Jazoirning APS agentligi xabariga ko‘ra, prezident 2019-yil aprelidagi saylovga nomzodini qo‘yishi haqida xalqqa qaratilgan maxsus murojaatnomasida e’lon qilgan.

Buteflika saylovda g‘olib chiqqan taqdirda, joriy yildayoq “siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy platformani yaratish maqsadida” vakillik anjumanini o‘tkazmoqchi. Bunda gap mamlakat konstitutsiyasiga qo‘shimcha kiritilishi haqida bormoqda.