9-fevral, shanba kuni Germaniya Bundesligasining 21-tur bahslari doirasida 6 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter/@FCBayernEN

Musobaqa jadvalini boshqarib borayotgan Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z maydonida “Hoffenhaym” jamoasi bilan jang qildi.

1-bo‘limning 32-daqiqasida Jeydon Sancho Lukash Pishchek uzatmasini golga aylantirdi va hisobni ochdi (1:0). 43-daqiqaga kelib, Mario Gyotse hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

2-bo‘limning 66-daqiqasida Gyotse uzatgan to‘pni Rafael Gerreyru raqib darvozasiga to‘p kiritdi va hisobni yiriklashtirdi (3:0). 75-daqiqada esa Andrey Kramarich o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Isxak Belfodil Roman Byurki qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi va hisobni qisqartirdi (3:1). 83-daqiqaga kelib Pavel Kaderjabek jamoasining 2-goliga mualliflik qildi. Oradan 4 daqiqa o‘tib Is’hoq Belfodil gol urib, hisobni tenglashtirdi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (3:3).

Diter Heking boshliq “Borussiya Myunxengladbax” klubi o‘z uyida “Herta” bilan bahsga kirishdi.

Bellashuvning 30-daqiqasida Salomon Kalu hisobni ochgan bo‘lsa, 56-daqiqaga kelib Ondrey Duda hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. O‘yindagi so‘nggi gol 76-daqiqada kiritildi. Unga “Herta” hujumchisi Devi Zelke mualliflik qildi.

Shu tariqa “Borussiya Myunxengladbax” klubi yirik hisobda mag‘lub bo‘lib, 3 ochkodan mahrum bo‘ldi.

Kunning so‘nggi o‘yini Myunxenda bo‘lib o‘tdi. Unda Niko Kovach qo‘l ostidagi “Bavariya” klubi “Shalke-04” bilan jang qildi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida Jeffri Bruma o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan bo‘lsa, 25-daqiqaga kelib Ahmad Kutuchu hisobni tenglashtirib, jamoadoshining xatosini to‘g‘irladi (1:1). Oradan 2 daqiqa o‘tib, myunxenliklar hujumchisi Robert Levandovski jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

2-bo‘limning 57-daqiqasida esa Serj Gnabri Robert Levandovski uzatmasini golga aylantirdi va o‘yinga nuqta qo‘ydi (3:1).

Shu tariqa Myunxen klubi “Shalke-04” ustidan muhim g‘alabaga erishib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Bundesliga

21-tur bahslari

9-fevral, shanba

“Borussiya D”—“Hoffenhaym” 3:3

Gollar: 1:0 — 32 Sancho, 2:0 — 43 Gyotse, 3:0 — 66 Gerreyru, 3:1 — 75 Belfodil, 3:2 — 83 Kaderjabek, 3:3 — 87 Belfodil.

“Leypsig”—“Ayntraxt” 0:0

“Borussiya M”—“Herta” 0:3

Gollar: 0:1 — 30 Kalu, 0:2 — 56 Duda, 0:3 — 76 Selke.

“Hannover”—“Nyurnberg” 2:0

Gollar: 1:0 — 45 Myuller, 2:0 — 77 Myuller.

“Frayburg”—“Volfsburg” 3:3

Gollar: 0:1 — 11 Russillon, 1:1 — 37 Grifo, 1:2 — 63 Vegxorst, 2:2 — 70 Peterson, 2:3 — 74 Shteffen, 3:3 — 88 Valdshmidt.

“Bavariya”—“Shalke-04” 3:1

Gollar: 1:0 — 12 Bruma, 1:1 — 25 Kutuchu, 2:1 — 27 Levandovski, 3:1 — 57 Gnabri.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!