Primadonna, Rossiya estradasining yulduzi Alla Pugachyova muxlislari o‘ylaganichalik badavlat emasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Mk.ru” xabar berdi.

Foto: Liliya Sharlovskaya

“Hozirda xonanda avvalgidek daromad topmayapti va teleboshlovchi, shoumen va parodiyachi turmush o‘rtog‘i Maksim Galkinning qaramog‘ida yashamoqda”, — deyiladi xabarda.

To‘qqiz yil avval sahnani tark etgan Pugachyova 70 yillik yubileyiga homiylaridan 40 million rubl (607,376.71 dollar) olishiga to‘g‘ri kelgan.

Xonandaning nafaqa puli 17 ming rubl (258 ming dollar), lekin uni xayriya ishlariga o‘tkazadi.