9-fevral, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 23-tur bahslari doirasida 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Turning markaziy o‘yini Madridning ikki klubi “Atletiko” hamda “Real” qarshiligi ostida o‘tdi.
1-bo‘limning 16-daqiqasida “Qirollik klubi” yarim himoyachisi Kazemiro Yan Oblak qo‘riqlayotgan darvozaga “qaychi” uslubida gol urdi va hisobni ochdi (1:0). Oradan 9 daqiqa o‘tib fransiyalik hujumchi Antuan Grizmann darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi va darvozani ishg‘ol qildi (1:1). 42-daqiqaga kelib, “Atletiko” jarima maydonida Vinisius Juniorga nisbatan qo‘pollik ishlatildi va hakam tomonidan Oblak darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi, uni esa Serxio Ramos aniq amalga oshirdi (2:1).
2-bo‘limning 74-daqiqasida Vinisius Junior o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Garet Beyl Luka Modrich uzatmasini golga aylantirdi (3:1).
Shu tariqa Santyago Solari shogirdlari Diyego Simeone jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
23-tur natijasiga ko‘ra, “Real” musobaqa jadvalida 45 ochko to‘plagan holda “Atletiko”ni quvib o‘tdi va 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ayni damda “Atletiko”da 44 ochko mavjud.
La Liga
23-tur bahslari
9-fevral, shanba
“Hetafe”—“Selta” 3:1
Gollar: 0:1 — 2 Araujo, 1:1 — 39, penalti, Mata, 2:1 — 62 Molina, 3:1 — 81 Mata.“Atletiko Madrid”—“Real Madrid” 1:3
Gollar: 0:1 — 16 Kazemiro, 1:1 — 25 Grizmann, 1:2 — 42, penalti, Ramos, 1:3 — 74 Beyl.“Atletiko Madrid”: Oblak, Himenes, Lyuka Ernandes, Arias, Godin, Parti, Saul, Lemar (Peres Vitolo, 59), Korrea (Ernandes, 65), Morata (Kalinich, 71), Grizmann.
“Real Madrid”: Kurtua, Varan, Regilon, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Vaskes, Kroos (Sebalyos, 84), Vinisius Junior (Beyl, 57), Benzema (Dias, 89).
Ogohlantirishlar: Vaskes (22), Grizmann (24), Himenes (41), Ernandes (58), Tomas (62), Rejilon (64), Modrich (66), Morata (69), Nyiges (72), Tomas (80).
Chetlatish: Tomas (80).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)