“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford Angliya premyer ligasida yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi, deb xabar beridi APLning Twitter’dagi rasmiy sahifasida.
Yanvar oyida 21-yoshli angliyalik 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berishga erishdi.
Bundan tashqari mazkur sovringa darvozabon Tom Hiton (“Byornli”), yarim himoyachi Joshua King (“Bornmut”), hujumchi Aleksandr Lyakazett (“Arsenal”), xavbek Jeyms Uord-Prouz (“Sauthempton”) va himoyachi Viktor Lindelyof (“Manchester Yunayted”) da’vogarlik qilgandi.
Avvalroq “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher yanvar oyining eng yaxshi murabbiyi deb topilgani haqida xabar berilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)