Sobiq Tailand qirolining singlisi, 67 yoshli malika Ubola Ratana bosh vazir lavozimi uchun bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida qatnashadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Tailand malikasi muxolifatchi partiya “Txai Raksa Chaat”dan chiqqan nomzod sifatida qatnashadi.
Bu holat Tailand an’analariga mutlaqo zid. Chunki hech qachon qirol oilasidagilar mamlakat siyosiy hayotida qatnashmagan.
Parlament saylovlarida sobiq hukumat rahbari Taksin Chinavat tarafdorlari (Tailand malikasi nazarda tutilmoqda) hamda 2014-yil hokimiyat tepasiga kelgan harbiylar o‘rtasida lavozim uchun kurash bo‘ladi.
Saylovlar 2019-yil 24-martda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)