Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buyuk Britaniyada 28 yoshli Jeyd Xarris qulog‘idan plastik o‘q olib tashlanguniga qadar o‘n bir yil garanglikdan aziyat chekkan, deya xabar beradi “Korrespondent”.

Foto: Kennedy News and Media

Foto: Kennedy News and Media

11 yil davomida Xarrisning bir qulog‘i deyarli eshitmagan. U o‘zini eshitmaganligi sababli baland ovozda gapirgan va televizorni ham baland ovozda eshitgan.

Ayol kasalxonaga qulog‘iga suv tushganidan so‘ng murojaat qilgan. Bir yo‘la shifokorlar uning chap qulog‘ini ham tekshirdi va unda yot jismni aniqladi.

Aniqlanishicha, o‘q o‘yinchoq to‘pponchaniki bo‘lib, ayol bolaligida o‘rtoqlari bilan o‘ynayotganida qulog‘iga kirib ketgan.

O‘q chiqarib olinganidan so‘ng Xarrisning eshitish qobiliyati to‘liq tiklangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi