AQSh sudi O‘zbekiston hukumati bilan investitsiya mojarosi bo‘yicha Oxus Gold Olc kompaniyasi foydasiga arbitraj qarorini ijro etish haqidagi arizani ko‘rib chiqishni kechiktirdi. Bu haqda “RAPSI” xabar bermoqda.
Oxus Gold Olc kompaniyasi Xalqaro savdo palatasi qoshidagi Xalqaro arbitraj sudda ishning ko‘rib chiqilishiga tashabbus bilan chiqqan va bu haqda 2011-yildayoq O‘zbekiston rasmiylarini xabardor qilgan edi. Kompaniya investitsiyalar go‘yoki ekspropriatsiya qilinganligi uchun 1,2 milliard dollar zararni qoplashni talab qilgan.
Arbitraj o‘z qarori bilan Oxus Gold Plc talablari miqdorini 10,2 million dollargacha qisqartirgan. Mazkur qarorning 2016-yilda Fransiyada tan olinishiga erishgan kompaniya talablari bir qismining rad etilishini bekor qilishni so‘rab Parij Apellyatsiya sudiga murojaat qildi.
Apellyatsiya bo‘yicha sud eshittiruvi joriy yilning 26-martida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Amerika sudi O‘zbekiston rasmiylarining qaror chiqarilishini Fransiyadagi apellyatsiya ko‘rib chiqilgunga qadar kechiktirish haqidagi murojaatini qanoatlantirdi.
Izoh (0)