Toshkentda huquq tartibot organlari xodimlari bedarak yo‘qolgan qizni topdi, deb yozadi Sputnik Toshkent shahar IIBB xabariga tayanib.

Foto: Flickr

Joriy yilning 3-yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tumani IIBga 29 yoshli Salohiddin B. murojaat qilgan. Yigit murojaatida 21 yoshli singlisi Xolisa B. uydan chiqib, bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan.

IIBB xodimlari 6-yanvar kuni kechasi o‘tkazgan profilaktik tadbir davomida 13 nafar ijtimoiy mas’uliyati kam ayollar qo‘lga olingan.

Qo‘lga olinganlarning shaxsini aniqlashtirish jarayonida qarindoshlari qidirayotgan Xolisa B. ham ularning orasida ekani ma’lum bo‘lgan.

Qarindoshlariga qizning joyi haqida ma’lumot berilgan.