Ijtimoiy tarmoqlarda Istanbulda sakkiz qavatli bino qulagan joydan olingan video paydo bo‘ldi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Turkiyaning NTV telekanaliga ko‘ra, favqulodda hodisa oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan, to‘rt kishi jabrlangan.
Rasmiylar vayronalar ostida o‘nlab jabrlanganlar bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Hozirda voqea joyida qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Qulagan binoda 12 ta oila yashaganligi taxmin qilinmoqda. Shahar gubernatori Ali Yerlikayya uyning uchta qavati noqonuniy qurilganligini ma’lum qildi.
Uyning qulashiga nima sabab bo‘lganligi hozircha aniqlanmagan.
Izoh (0)