Ukrainadagi prezidentlik reytingida yetakchilik qilayotgan shoumen Vladimir Zelenskiy 15,2 foiz ovoz olgan. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Ikkinchi o‘rinni 12,9 foiz ovoz bilan muxolifatchi siyosatchi Yuliya Timoshenko egallagan. Hozirda amaldagi Prezident Pyotr Poroshenko esa 10,1 foiz ovoz yig‘gan. Bu ma’lumotlar “Ukraina saylovlari” loyihasi tomonidan taqdim etilgan.
So‘rovlar 2019-yil 19—30-yanvar kunlari o‘tkazilgan. Unda 10 ming nafar aholi ishtirok etgan. Reprezentativlik darajasi 1.0 foizni tashkil qilgan.
Ukrainada prezidentlik saylovlari 31-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)