“Kardiff” hujumchisi Emiliano Sala uchgan samolyotni qidirish bo‘yicha yana yangi tafsilotlar ma’lum qilindi.
Sky Sports’ning xabar berishicha, bortida Emilian Sala bo‘lgan Piper PA-47 Malibu samolyoti qoldiqlari topilgan. Bu haqda allaqachon Sala va uchuvchi Devid Aybbotsonning yaqinlariga xabar berildi.
Gernsi orollariga yaqin joylashgan La-Mansh bo‘g‘ozi hududida samolyot qoldiqlari topilgan.
Qidiruvda samolyot bo‘laklari orasidan odam tanasi topilgan. Ammo u Emiliano Salaning jasadimi yoki uchuvchi Devid Aybbotsonning, bunga hali oydinlik kiritilganicha yo‘q.
Xususiy qidiruv operatsiyasi GoFundMe kraudfanding platformasida yig‘ilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilmoqda. Ayni vaqtda 300 ming yevrodan ortiq mablag‘ yig‘ilgan.
24-yanvar kuni Gernsi politsiyasi Sala uchgan samolyotni qidirish ishlarini to‘xtatgandi.
Salaning transferi “Kardiff” uchun rekord summaga aylandi. Argentinalik futbolchi Uels klubi bilan kelishuvga erishib, “Nant” klubidagi sobiq jamoadoshlari bilan xayrlashish maqsadida Fransiyaga kelgandi. Qaytishda esa uning samolyoti halokatga uchrgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)