“Yuventus” Italiya chempionatining 22-turida “Parma” bilan durang o‘ynadi (3:3).
O‘yin davomida Turin klubi 2:0 va 3:1 hisoblarida oldinda bordi, biroq g‘alabani saqlab qola olmadi.
Turinliklar 8 yildan beri o‘z maydonida bunday g‘alabani qo‘lda chiqarish holatiga duch kelmay qo‘ygandi. So‘nggi bor klub 2011-yil may oyida klub A Seriyada “Palermo”ga qarshi kechgan o‘yinda 2:2 hisobida durang o‘ynagandi. O‘shanda ham jamoa 2 ta to‘p farqi bilan oldinda borib, g‘alabani qo‘ldan chiqargandi.
22-turda so‘ng “Yuventus” musobaqa jadvalida 61 ochko to‘plagan holda yetakchilik qilmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)