Xitoyning Sunshan shahridagi afsonaviy Shaolin monastiri ko‘plab afsonalar va tarixiy voqealar bilan bog‘liq. Bir hindu rohib tomonidan 495-yilda tashkil etilgan monastir bir vaqtning o‘zida hayrat va qo‘rquv uyg‘otuvchi xitoy madaniyatining muhim qismiga aylangan. Travel Ask uning suratlarini taqdim etdi.
Sayyohlar bu yerga diniy jang san’ati bilan tanishish va rohiblarning hayotini tomosha qilish uchun keladi.
Monastirda Chan buddizmi targ‘ib qilinadi. Unga ko‘ra, chin dildan e’tiqod qiluvchi har qanday odamning qalb ko‘zi ochiladi. Ruhimiz va tanamizni tarbiyalash orqali biz haqiqatning boshqa ko‘rinishini qo‘lga kiritamiz, dunyodagi o‘rnimizni anglaymiz va ichki muvozanatga erishamiz. Aynan mana shu Chan buddizmi ta’limining asosiy maqsadi hisoblanadi. Shaolin jangchilarining g‘ayriinsoniy qobiliyatlari ham aynan shu orqali tushuntiriladi.
Izoh (0)