Kanadadagi avtomagistrallardan biriga o‘rnatilgan kamera obyektiviga qutb ukkisining suratini olgan. Ovga chiqqan qush qo‘nish uchun joy qidirayotganida kameraga tushib qolgan. Bu haqda National Geographic xabar berdi.
Kanadaning Kvebek provinsiyasi transport vaziri Robert Poeti 2016-yil 3-yanvar kuni Monrealning g‘arbidagi A-40 avtomagistralida o‘rnatilgan kameraga tushgan kadrlarni post qilgan. Keyinroq esa, boyo‘g‘lining uchayotgan videosi ham paydo bo‘lgan.
Ornitologlarning fikriga ko‘ra, bu kabi ochiq joylar ukkilarga ov qilishi uchun ajoyib imkoniyat beradi: yo‘llar kichik kemiruvchilar aniq ko‘rinadigan keng dalalar bilan o‘ralgan. Ukkilar odatda simyog‘ochlarda o‘tirib, o‘lja paydo bo‘lishini kutadi. Kadrga tushib qolgan ukki ham kutish uchun qulay simyog‘och izlayotgan bo‘lgan.
Oq ukki yoki qutb ukkisi (Bubo scandiacus, Nyctea scandiaca) tundradagi boyqushlar to‘dasining eng yirik vakili hisoblanadi. Tanasining uzunligi 71 santimetr. Qanotlarini yoyganda esa 150 santimetrga yetadi. Vazni esa 1,6-3 kilogramgacha bo‘ladi. Ushbu ko‘chib yuruvchi qush Yevroosiyoning tundra hududida, Shimoliy Amerikada, Grenlandiyada va Shimoliy muz okeanining ayrim orollarida yashaydi. Kanadaning janubida qutb ukkilari qishki migratsiya paytida paydo bo‘ladi.
Izoh (0)