Ispaniya chempionatining 22-turida “Barselona” “Valensiya” bilan durang o‘ynadi (2:2).
Joriy mavsum Kataloniya klubi La Liga doirasida “Kamp Nou” stadionida 12 ta uchrashuvda o‘z darvozasidan 15 ta to‘p olib chiqdi.
Bu “Barselona”ning 16 yil ichidagi eng yomon natijasi hisoblanadi.
Klub 2002/03-yilgi mavsumda o‘z maydonida kechgan birinchi 12 ta uchrashuvda 15 ta gol o‘tkazib yuborgandi. O‘sha paytda kataloniyaliklarni Lui van Gal boshqargan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)