O‘zbekistonda oilalarning faqat 17 foizi bola parvarishi bo‘yicha nafaqa oladi. Bu haqda YuNISEF ma’lumotlariga tayanib, “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
“Bolalar va yoshlar mamlakat aholisining deyarli 60 foizini tashkil etadi. Shu bilan bir vaqtda bolalar orasidagi kambag‘allik darajasi kattalar orasidagidan yuqoriroqdir. Oilalarning faqat 17 foizigina bola parvarishi bo‘yicha nafaqa oladi. Moliyalashtirishning yetarli emasligi sababli hozirgi dasturlarning ta’siri minimalligicha qolmoqda. Masalan, bolalar nafaqasi kambag‘allik umumiy darajasining atigi 8 foizga qisqarishiga olib keldi. 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasidagi kambag‘allik darajasi kattalarnikiga qaraganda 1,5 marta ortiq”, — deya ta’kidlanadi tashkilot xabarida.
YuNISEF mavjud siyosatni isloh qilishning o‘z variantini taklif qildi. Bunda bolalar nafaqasi 2030-yilga kelib kambag‘allik umumiy darajasining 8 foizdan 21 foizgacha qisqarishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Izoh (0)