1-fevral, juma kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining final uchrashuvi bo‘ilb o‘tadi.

Foto: #WagerBop

Unda Yaponiya terma jamoasi Qatar termasi bilan musoboqa chempionligi uchun kurash olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiya yarim finalda Eron terma jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda forslar darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, finalga yo‘l olgandi.

Qatar terma jamaosi esa musobaqa mezboni BAA termasini yirik 4:0 hisobida mag‘lub etib, final yo‘llanmasini naqd qilgandi.

Ma’lumot uchun, final bahsini o‘zbekistonlik FIFA hakami Ravshan Ermatov boshqaradi.

Osiyo Kubogi—2019

1-fevral, juma

Final bahsi

Yaponiya—Qatar 19:00

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!