Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali endi mehnat faoliyatini tasdiqlash to‘g‘risidagi va ish haqi miqdorini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomalarini olish mumkin. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Jismoniy shaxslarga xizmatlar bepul taqdim etiladi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi ularning bajarilishini ta’minlaydi.
Servis Vazirlar Mahkamasining 5.04.2012-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 101-son qarorini bajarish maqsadida joriy etildi.
Xizmatlardan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali YAIDXPda avtorizatsiyadan o‘tish zarur.
Ko‘rsatilgan hujjatlar, xususan, pensiya tayinlash chog‘ida talab etiladi.
Izoh (0)