Joriy yilning mart oyida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Tokio—2020 olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi Osiyo chempionati saralashida qatnashadi.

Foto: O‘FA

Ushbu musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 14—25-fevral kunlari Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida yig‘in o‘tkazadi. Mashg‘ulotlar “Pinatar arena football center” stadioni maydonida bo‘lib o‘tadi.

Ispaniyada o‘tkaziladigan yig‘inga quyidagi futbolchilar jalb qilingan:

Darvozabonlar:

  • Ergashev Umidjon (“Nasaf”)
  • Muhammadjonov Mashhurjon (“Nasaf”)
  • Ziyovutdinov Nizomiddin (OKMK)

Himoyachilar:

  • Qobilov Islomjon (“Bunyodkor”)
  • Aliqulov Husniddin (“Mash’al”)
  • G‘ofurov Husniddin (“Neftchi”)
  • Nasrullayev Sherzod (“Nasaf”)
  • Saitov Dilshod (“Nasaf”)
  • Rustamov Oybek (“Qo‘qon-1912”)

Yarim himoyachilar:

  • Abdullayev Abdulla (“Bunyodkor”)
  • O‘runov Oston (“Navbahor”)
  • Qodirqulov Sanjar (“Bunyodkor”)
  • Muhitdinov Sharof (“Nasaf”)
  • Nurulloyev Suhrob (“Metallurg”)
  • Rashidxonov Suhrob (“Nasaf”)
  • To‘xtasinov Nurillo (“So‘g‘diyona”)
  • Talxatov Dian (“Paxtakor”)
  • Alijonov Ilhomjon (“Nasaf”)
  • Ismailov Abrorbek (“Neftchi”)

Hujumchilar:

  • Abduholiqov Bobur (“Nasaf”)
  • Amonov Azizbek (“Lokomotiv”)
  • Mirahmadov Mirjahon (“Bunyodkor”)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!