30-yanvar, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya Kubogining 1/4 bahslari doirasida 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Massimiliano Allegri qo‘l ostidagi Turinning “Yuventus” klubi “Atalanta” maydoniga safar qildi.
Bellashuvning 37-daqiqasida mezbon jamoa a’zosi Kastan hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 2 daqiqa o‘tib Duvan Sapata hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 4 daqiqa qolganda Duvan Sapata hisobni yiriklashtirdi va dublga erishdi (3:0).
Shu tariqa turinliklar musobaqadagi yurishini to‘xtatdi.
Rimning “Roma” klubi “Fiorentina” bilan bahs olib bordi.
Uchrashuvning 7, 18, 74-daqiqalarida Federiko Kyeza het-trikka erishgan bo‘lsa, Jovanni Simeone 79 va 89-daqiqalarda rimliklar darvozasini ishg‘ol qilib, dubl qayd etdi. Luis Muriel 33-daqiqada, Marko Benassi esa 66-daqiqada o‘z hisoblariga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. “Fiorentina”ning 7 ta goliga “Roma” klubi Aleksandr Kolarovning 28-daqiqada kiritilgan goli bilan javob qaytardi (7:1).
Shu tariqa “Roma” safarda florensiyaliklarga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi.
Italiya Kubogi
1/4 final bahslari
30-yanvar, chorshanba
“Atalanta”—“Yuventus” 3:0
Gollar: 1:0 — 37 Kastan, 2:0 — 39 Sapata, 3:0 — 86 Sapata.“Fiorentina”—“Roma” 7:1
Gollar: 1:0 – 7 Kyeza, 2:0 – 18 Kyeza, 2:1 – 28 Kolarov, 3:1 – 33 Muriel, 4:1 – 66 Benassi, 5:1 – 74 Kyeza, 6:1 – 79 Simeone, 7:1 – 89 Simeone.
Chetlatish: Jeko (72).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)