Majburiy ijro byurosi Toshkentda to‘qqiz nafar qarzdorga nisbatan ma’muriy qamoq jazosini qo‘lladi. Bu haqda MIB “Daryo”ga ma’lum qildi.
Byuroning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi ish yurituvidagi aliment undiruvi bilan bog‘liq bo‘lgan ijro hujjatlari yuzasidan jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha M.Ulug‘bek tumanlararo sudining 25.03.2016-yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor Saitov Rustam Zohidovichdan undiruvchi Saitova Nazima Aripjanovna foydasiga voyaga yetmagan uch nafar farzandining ta’minoti uchun 1/2 qism miqdorida aliment undirish belgilangan. Qarzdor R.Z.Saitov 24 oy ya’ni, 2 yildan buyon voyaga yetmagan 3 nafar farzandi uchun 10 589 412 so‘m miqdoridagi aliment pullarini to‘lamasdan kelgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha M.Ulug‘bek tumanlararo sudining 06.03.2018-yildagi ijro varaqaga asosan qarzdor Lobaznov Yevgeniy Andreyevichdan undiruvchi Lobaznova Marina Vladimirovna foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandining ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment hamda uch yoshgacha moddiy ta’minot uchun eng kam oylik ish haqining bir barobari undirish belgilangan. Qarzdor Ye.A.Lobaznov 10 oydan ortiq vaqtda to‘lanishi lozim bo‘lgan 6 714 179 so‘m miqdoridagi aliment pullarini to‘lamasdan,voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelgan.
Shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha Oxangaron tumanlararo sudining 24.05.2012-yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor Najimidinov Aziz Azamovichdan undiruvchi Sotimova Nilufar Absamatovna foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish belgilangan. Qarzdor A.Najimidinov 18 oydan ortiq o‘z farzandi uchun 6 056 360 so‘m miqdoridagi aliment pullarini to‘lamay kelgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha M.Ulug‘bek tumanlararo sudining 26.01.2018-yildagi ijro varaqaga asosan qarzdor Zaripova Anastasiya Aleksandrovnadan undiruvchi Zaripov Lenur Ildarovich foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish belgilangan. Qarzdor A.Zaripova 13 oy uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 4 655 136 so‘m miqdoridagi aliment pullarini to‘lamay kelgani, bundan tashqari, qarzdor A.Asanov,qarzdor U.Saparbayev, qarzdor X.Mo‘minov 10 oydan ortiq davr mobaynida, qarzdor A.Xo‘jayev 7 oydan, qarzdor D.Jumanazarov 3 oydan ortiq davr mobaynida to‘lanmay kelingan alimentdan bo‘lgan qarzdorliklar tufayli O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 474-moddasiga asosan qarzdorlarga nisbatan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi olib borgan majburiy harakatlar natijasida ma’muriy javobgarlikka tortilgan qarzdorlarning aliment qarzdorligi yuzasidan jami 12 557 539 so‘m aliment pullari undiruvchilarga undirib berilgan.
Izoh (0)