35 yil oldin, 1984-yil arafasida, Jorj Oruellning “1984” distopik asari bashoratidan ta’sirlangan Kanadaning The Star nashri mashhur ilmiy-fantastik yozuvchi Ayzek Azimovdan 2019-yilda insoniyatni nimalar kutishi haqida maqola yozishini so‘ragan. Bu haqda Lifehacker xabar berdi.
Bu yil tasodifan tanlanmagan. Oruellning shoh asari 1949-yilda, ya’ni yozuvchi tomonidan tasvirlangan davrdan 35 yil oldin nashr etilgan. Jurnalistlarga bundan keyingi 35 yil ichida ham dunyo qanday o‘zgarishini bilish qiziq bo‘lgan.
Endi Azimovning bashoratlari qanchalik to‘g‘ri ekanini tekshirish mumkin.
Nimalar amalga oshdi?
Azimovning fikriga ko‘ra, insoniyatning 2019-yilga borib 3 ta muhim masalada boshi qotadi:- Yadroviy urushning ehtimoli.
- Ommaviy kompyuterlashtirish.
- Kosmosdan foydalanish.
“Agar AQSh va Sobiq Ittifoq bir-biriga yopishishda davom etsa, 2019-yilda hayot qanday bo‘lishini muhokama qilish mutlaqo foydasiz. Bunday holda, bizlardan, farzandlarimiz va nabiralarimizdan faqat ozchilik tirik qoladi. Shunday ekan, men global azob-uqubatlarni batafsil bayon etishda hech qanday ma’no ko‘rmayapman. Shuning uchun keling, yadroviy urush bo‘lmaydi, deb hisoblaymiz,” — degan yozuvchi o‘sha vaqt.
Shuningdek, Azimovning kompyuterlashtirish bo‘yicha bashorati ham to‘g‘ri chiqdi. Ajablanarlisi, 1980-yillarning boshida ushbu sohaning ommaviy rivojlanishiga juda kam odam ishongan edi. Yozuvchi o‘zining bashoratidan bir nechta qo‘shimcha xulosalar ham chiqargan va ular bugungi kunda amalga oshmoqda. Quyida bu haqida batafsil berilgan.
- Ommaviy kompyuterlashtirish
“Bu sohada ortda qolgan mamlakatlar shunchalik qiynaladiki, hukumatning o‘zi kompyuterlashtirishni talab qiladi, xuddi hozir qurol talab qilayotgani kabi,” — deya ta’kidlagan Azimov.
Bu bashorat albatta amalga oshdi: bugungi kunda deyarli har bir uyda, hatto rivojlanmagan mamlakatlarda ham kompyuterlar mavjud.
- Ba’zi kasblarning yo‘q bo‘lib ketishi
“Sanoat inqilobidan oldin, insoniyatning aksariyati qishloq xo‘jaligi va unga aloqador xizmatlar bilan shug‘ullanardi. Sanoatlashtirish boshlanganda, fermadan zavodga o‘tish tez amalga oshdi, biroq ishsiz qolgan ko‘p odamlar uchun og‘ir bo‘ldi. Kompyuterlashtirish jarayonida fabrikadan yangi sohaga o‘tish yanada tezroq amalga oshadi va buning natijasi undan-da og‘irroq bo‘ladi,” — deya bashorat qilgan yozuvchi.
Gap kompyuterlar odamlarning ishini olib qo‘yayotganida ham emas. Shunchaki har xil kasblarga ehtiyoj yo‘qoladi: har qanday qog‘oz bilan bog‘liq ish, har qanday yig‘ish bilan bog‘liq ish, har qanday mexanik takrorlanadigan ish avtomatlashtiriladi. Ularni endi kompyuterlar va ular nazorat qilayotgan robotlar tez va muvaffaqiyatli bajaradi.
Bu bashorat ham ro‘yobga chiqdi: 2019-yilgacha bir qator kasblar, masalan, telefon operatorligi va stenograflik yo‘qolib ketdi, 2020-yilgacha esa mehnat bozoridan yana o‘nlab kasblar yo‘q bo‘lib ketishi kutilmoqda. Bularning bari, Azimov aytganidek, kompyuter boshqaruv tizimlarini avtomatlashtirish va rivojlantirish bilan bog‘liq.
- Ta’lim kontseptsiyasini o‘zgarishi
Futurist o‘qituvchilik kasbini ham yo‘qolib ketishini taxmin qilgan. 2019-yilga kelib ularning o‘rnini kompyuterlar osongina egallashi mumkin. Bolalar esa standart o‘quv rejasidan emas, balki individual qobiliyati va o‘z qiziqishidan kelib chiqqan holda uyda ta’lim oladi.
Umuman olganda, bu taxminni yaqin orada amalga oshadi deya hisoblash mumkin. Bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish tamoyillari tubdan o‘zgardi. Onlayn-maktablarda masofaviy ta’limni afzal ko‘rayotgan ota-onalar soni tobora oshib bormoqda.
- Ekologik muammolarning oshib borishi
Ushbu taxminning birinchi yarmi aniq amalga oshdi: ekologik muammolar tobora o‘sib bormoqda. Ammo ikkinchi qismida xatolik bor: zamonaviy olimlar bu inqirozdan chiqish yo‘lini haligacha topa olmagan.
Hali amalga oshmagan, biroq amalga oshishi mumkin bo‘lgan bashoratlar
- Har bir uyda robot
Hozircha bu amalga oshmadi. Albatta, bu yerda robotli changyutgichlar, aqlli qahva mashinalari va tefallar nazarda tutilmayapti.
- Kosmosni o‘zlashtirish
Lekin bular hali amalga oshmadi.
- Butun dunyoda tinchlik
“Millatlar o‘rtasida va millatlar ichidagi guruhlar o‘rtasidagi hamkorlik o‘sib boradi. Bu idealizm yoki vijdonli odamlar ko‘payishi bilan emas, balki ongning sovuqqonligi bilan bog‘liq: hamkorlikning yetishmasligi hamma uchun o‘lim deganidir,” — degan Azimov.
Shu bois, Azimov hatto biror turdagi dunyo hukumatini yaratilishini ham taxmin qilgan. Afsuski, bu masala bo‘yicha afsonaviy ilmiy-fantastik o‘ta optimist tarzda fikrlagan ekan.
Izoh (0)