Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda Sayxunobod tumanidagi fermer xo‘jaligi rahbari T.O. budjet mablag‘larini talon-toroj qilganligi aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Aniqlanishicha, fermer xo‘jalik rahbari bank tomonidan chorva mollari sotib olish uchun ajratilgan kredit mablag‘ini shartnomada ko‘rsatilgan maqsadga yo‘naltirmasdan 230 million so‘mni naqdlashtirib, boshqa ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)