Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Aravon tumanida 3 metrli o‘lik bo‘g‘ma ilon topildi, deb yozadi UZ24 mahalliy “Turmush” nashriga tayanib.

Foto: “Turmush”

Nashr xabariga ko‘ra, ilon O‘zbekiston bilan chegaradagi Jeke-Miste qishlog‘idan, Farg‘ona kanalining yonidan topilgan.

Qishloq veterinari Mamatrayim Tojiboyevning aytishicha, u katta ehtimol bilan, qo‘shni davlatdan kanal orqali suzib kelgan. Ikki kun oldin qishloqdagi yigitlar suvdan o‘lik bo‘g‘ma ilonni topgan, uning uzunligi 3 metr, eni — 15—20 santimetr bo‘lgan. “Ehtimol, O‘zbekistonda kimdir ilonlar boqadi, ulardan biri nobud bo‘lganida esa, uni kanalga tashlab yuborgan”, — deydi veterinar.

Ilonni tutgan shaxslar izoh berishdan bosh tortgan.