27-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 21-turi doirasida 6 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Rimning “Roma” klubi safarda “Atalanta” bilan jang qildi.
Uchrashuvning 3 va 33-daqiqalarida Edin Jeko raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol qilib, dublga erishdi (2:0). 40-daqiqaga kelib, Stefan al-Shaaraviy Nikolo Zaniolo uzatmasini golga aylatirdi (3:0). Oradan 5 daqiqa o‘tib, “Atalanta” a’zosi Timoti Kastan rimliklar darvozasiga to‘p kiritib, hisobni qisqartirdi. Tomonlar qisqa tanaffusga yo‘l oldi.
2-bo‘limning 59-daqiqasida Rafael Toloy jamoasining 2-goliga mualliflik qildi. 70-daqiqada mezbon jamoa futbolchisi Esteban Sapata Banguera penaltidan gol ura olmadi, ammo hech qancha vaqt o‘tmay, hujumchi xatosini to‘g‘irladi va hisobni tenglashtirdi (3:3).
Shu tariqa Eusebio Di Franchesko shogirdlari “Atalanta” bilan kechgan o‘yinda durangga imzo kechdi va 1 ochkoga ega bo‘ldi.
Musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan Luchano Spaletti boshliq “Inter” jamoasi Turinning “Torino” mehmoni bo‘ldi va kichik hisobda yutqazdi (0:1).
O‘yindagi yagona gol 34-daqiqada mezbon jamoa a’zosi Iztso tomonidan kiritildi.
Turning markaziy o‘yini Rimdagi “Olimpiko” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Massimiliano Allegri boshqaruvidagi “Yuventus” klubi Simone Inzagi boshliq “Latsio” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning 59-daqiqasida Turin klubi yarim himoyachisi Emre Jan o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda Duglas Kosta o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Juan Kanselu 74-daqiqada “Latsio” darvozasiga gol urib, hisobni tenglashtirdi. O‘yinning asosiy vaqti yakunlanishiga 2 daqiqa qolganda hakam rimliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. “Yuventus” to‘purari Krishtianu Ronaldu 11 metrlik jarima zarbasidan darvozani aniq nishonga oldi va jamoasining g‘albasini ta’minladi.
Shu tariqa “Keksa sinyora” navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.
A Seriya
21-tur bahslari
27-yanvar, yakshanba
“Kyevo”—“Fiorentina” 3:4
Gollar: 0:1 – 4 Muriel, 0:2 – 26 Benassi, 1:2 — 38 Stempinskiy, 2:2 — 60 Pellisyer, 2:3 — 79 Kyeza, 2:4 — 86 Kyeza, 3:4 — 89 Jorjevich.“Bolonya”—“Frosinone” 0:4
Gollar: 0:1 – 18 Giglione, 0:2 — 21 Chiano, 0:3 — 52 Pinamonti, 0:4 — 75 Chiano.“Parma”—SPAL 2:3
Gollar: 1:0 — 11 Inglese, 2:0 — 53 Inglese, 2:1 — 70 Baloti, 2:2 — 75 Petanya, 2:3 — 87 Fares.“Atalanta”—“Roma” 3:3
Gollar: 0:1 — 3 Jeko, 0:2 — 33 Jeko, 0:3 — 40 al-Shaaraviy, 1:3 — 45 Kastan, 2:3 — 59 Toloy, 3:3 — 71 Banguera.“Torino”—“Inter” 1:0
Gol: 1:0 — 35 Iztso.“Latsio”—“Yuventus” 1:2
Gol: 1:0 — 59, avtogol, Emre Jan, 1:1 — 74 Kanselu, 1:2 — 88, penalti, Ronaldu.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)