Braziliyalik futbol yulduzi Roberto Karlos Toshkentga keldi, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Karlos uchgan samolyot soat 09:30 da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

U bugun soat 12:00 da yosh futbolchilar uchun O‘FA maydonida master-klass o‘tib beradi. Keyin shu yerning o‘zida faxriy futbolchilar ishtirokida o‘rtoqlik o‘yinida qatnashadi. Mazkur uchrashuv 10 daqiqadan 2 ta bo‘limdan iborat bo‘ladi. Roberto Karlos har ikkala jamoa tarkibida bitta bo‘limdan maydonda to‘p suradi.

Soat 15:00 da Roberto Karlos A.P.Xlebushkina nomidagi Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, u yerdagi tarbiyalanuvchilar bilan uchrashadi. Soat 16:00 da esa Milliy olimpiya qo‘mitasida Roberto Karlos bilan matbuot anjumani tashkil etiladi.

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!