27-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 22-tur bahslari doirasida 4 ta uchrashuv nihoyasiga yetdi.
Bruno Genesio boshqaruvidagi “Lion” klubi “Amyen” maydoniga safar qildi. Bellashuvdagi yagona gol 50-daqiqada Jeyson Denayer tomonidan kiritildi va “Lion” muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Shu kuni musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilayotgan PSJ klubi o‘z uyida “Renn” jamoasini sinovdan o‘tkazdi.
1-bo‘limning 7-daqiqasida Edinson Kavani hisobni ochgan bo‘lsa, 28-daqiqaga kelib mehmon jamoa a’zosi Mbaye Nyang hisobni tenglashtirdi (1:1).
2-bo‘limning 60-daqiqasida 1-golga assistentlik qilgan Anhel Di Mariya jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). Oradan 6 daqiqa o‘tgach, parijliklar hujumchisi Kilian Mbappe o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi (3:1). Uchrashuvdagi so‘nggi gol 72-daqiqada kiritildi. Unga Edinson Kavani mualliflik qildi va dublga erishdi.
Shu tariqa PSJ o‘z maydonida “Renn” klubini yirik hisobda mag‘lub etib, 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Liga 1
22-tur bahslari
27-yanvar, yakshanba
“Monpelye”—“Kan” 2:0
Gollar: 1:0 — 51 Laborde, 2:0 — 59 Baysse.“Amyen”—“Lion” 0:1
Gol: 0:1 — 50 Denayer.“Tuluza”—“Anje” 0:0
PSJ—“Renn” 4:1
Gollar: 1:0 — 7 Kavani, 1:1 — 28 Nyang, 2:1 — 60 Di Mariya, 3:1 — 66 Mbappe, 4:1 — 72 Kavani.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)