26-yanvar, shanba kuni Italiya chempionatining 21-tur bahslari doirasida 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Turning markaziy o‘yinlaridan biri Jennaro Gattuzo qo‘l ostidagi “Milan” klubi hamda Karlo Anchelotti boshliq “Napoli” jamoasi o‘rtasida kechdi.
Bellashuvda darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi. Tomonlar shu tariqa bir ochkodan bo‘lishib oldi.
27-yanvar, yakshanba kuni Rimning “Roma” klubi mehmonda “Atalanta” bilan jang qiladi. Bellashuv soat 19:00 da start oladi.
Ma’lumot uchun, “Roma” hisobida 33 ochko (5-o‘rin), “Atalanta”da esa 31 ochko (7-o‘rin) mavjud.
Shu kuni turning yana bir markaziy o‘yini — “Latsio” va “Yuventus” klublari orasida bo‘lib o‘tadi. To‘qnashuvga tungi vaqt bilan 00:30 da start beriladi.
Hozirda Massimiliano Allegri boshqaruvidagi “Yuventus” jamoasi 56 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalini boshqarib bormoqda.
A Seriya
21-tur bahslari
26-yanvar, shanba
“Sassuolo”—“Kalyari” 3:0
Gollar: 1:0 — 9 Lokatelli, 2:0 — 45 Xouma, 3:0 — 87 Matri.“Sampdoriya”—“Udineze” 4:0
Gollar: 1:0 — 33 Kualyarella, 2:0 — 56 Kualyarella, 3:0 — 68 Linetti, 4:0 — 78 Gabbiadini.“Milan”—“Napoli” 0:0
27-yanvar, yakshanba“Kyevo”—“Fiorentina” 16:30
“Parma”—SPAL 19:00
“Atalanta”—“Roma” 19:00
“Bolonya”—“Frosinone” 19:00
“Torino”—“Inter” 22:00
“Latsio”—“Yuventus” 00:30
28-yanvar, dushanba“Empoli”—“Jenoa” 00:30
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)