Parijda “qizil ro‘mollilar” harakati tomonidan uyushtirilgan “Respublika marshi” bo‘lib o‘tmoqda. Ular Fransiyada huquqiy tartibni qayta tiklash va “sariq nimchalar” aksiyalaridagi zo‘ravonlikka qarshi chiqmoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Marshga kelganlar “Zo‘ravonlikka — yo‘q”, “Institutlarimizga — hurmat” shiorlari bilan chiqish qilmoqda. Ularning kiyimlarida qizil elementlar — sharf, ro‘mol, shapkalar, beretlar, ryukzak, kurtkalar va soyabonlarni ko‘rish mumkin. Aksiya ishtirokchilarining aksariyati o‘rta va keksa yoshdagi odamlardir.
Hozirda Facebook’dagi “qizil ro‘mollilar” harakati guruhining ishtirokchilari 55 mingga yaqinligi qayd etilmoqda.
26-yanvar, shanba kuni mamlakatda “sariq nimchalar”ning o‘n birinchi aksiyasi bo‘lib o‘tdi. U boshqalari kabi politsiya bilan to‘qnashuvlar bilan birga kechdi. Huquq-tartibot organlarining ma’lum qilishicha, Parijda 60 dan ortiq odam qo‘lga olingan, sakkiz nafari yaralangan.
Izoh (0)