“Monako”da bosh murabbiy o‘zgardi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.
Knyazlik klubi sobiq endilikda yangi bosh murabbiy Leonardo Jardim bilan 2 yillik shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Portugaliyalik mutaxassis 3 oylik tanaffusdan so‘ng yana “Monako” klubiga qaytdi.
Jardim jamoadan bir qator futbolchilar bilan kelishmovchiliklar sabab ketgandi va uning o‘rnini fransiyalik Tyerri Anri egallagandi.
Leonardo Jardim “Monako”ni 26-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan Liga 1’ning 22-tur bahslari doirasidagi “Dijon”ga qarshi kechadigan o‘yinda boshqarmaydi, lekin jamoa bilan birga ketadi. Uning o‘rniga Frank Passi jamoani maydonga olib tushadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)